school 29 school 29
🔹Faxrimiz va g‘ururimiz!
🔹Faxrimiz va g‘ururimiz!
May 18, 2026

✔️Buxoro shahridagi 29-umumta’lim maktabining 6-“B” sinf o‘quvchisi Tukliyeva Muxabbat sportning gimnastika turi bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada munosib ishtirok etib, faxrli ravishda O‘zbekiston chempioni bo‘ldi.
🌟 Yosh sportchimizning ushbu yutug‘i uning tirishqoqligi, sabr-toqati, muntazam mehnati va sportga bo‘lgan yuksak ishtiyoqi samarasidir. Muxabbatning erishgan muvaffaqiyati maktabimiz sha’nini yanada yuksaltirib, barchamizga cheksiz quvonch ulashdi.

🙂Tukliyeva Muxabbatni ulkan g‘alaba bilan samimiy tabriklaymiz! Kelgusida ham yuksak marralar, omad va zafarlar yor bo‘lsin!

TalTes